» » Chet tilidan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog va abituriyentlarga imtiyozlar yaratilmoqda

Chet tilidan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog va abituriyentlarga imtiyozlar yaratilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Unda abituriyentlar va pedagog xodimlarga chet tillaridan malaka sertifikati berish, ayni yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlik yuzasidan ma’lumot berildi.

Chet tillaridan test savollari sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda Britaniya Kengashi, Gyote instituti va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator hujjatlar imzolangan bo‘lib, Gyote instituti va Davlat test markazi tomonidan imzolangan memorandum doirasida Germaniya Federativ Respublikasi Gyote institutidan mutaxassislar jalb qilinib, Davlat test markazi mutaxassislari uchun seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2013-yildan hozirga qadar jami ariza bergan talabgorlar soni 29 ming 190 nafar bo‘lsa, sertifikat olganlar soni 10 ming 293 ta (35,3%) ni tashkil etadi.

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkazilgan test sinovlarida joriy yilda 50 ming 385 nafar talabgor ishtirok etgan.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan o‘qituvchilar takroriy imtihonni 6 oy kutishi kerak bo‘lmoqda.

Buni inobatga olgan holda, Britaniya Kengashi bilan hamkorlik doirasida APTIS for teachers testlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, APTIS for teachers testlarini Davlat test markazi tomonidan har oyda bir marotaba o‘tkazish hamda natijalar Buyuk Britaniya mutaxassislari tomonidan tekshirilishi va 3 kunda e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

– Respublika ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, shuningdek, abituriyentlar uchun tegishli chet tili bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lish borasida bir qator yengilliklar taqdim etilgan, – deydi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Sardor Rajabov. – Xususan, arizani onlayn berish, imtihonlarni nomzodlar yashash joylarida o‘tkazish, talablarni bajargan nomzodlarga sertifikatni yashash joylariga yuborish kabi yengilliklar. Yoshlarimizga yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlar ularning chet tillarini mukammal egallashiga va bu orqali mamlakatimizning xalqaro maydonda imiji oshishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga kirish imtihonlarida imtiyoz berish – ularni chet tili fani imtihonidan ozod qilish belgilangan.

Jumladan, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, test sinovlari majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning B2 va undan yuqori darajasiga ega bo‘lganlar, test sinovlari majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning B1 va undan yuqori darajasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz maksimal ball berilishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Davlat test markazidan tegishli ma’lumotnomaga ega bo‘lgan va boshqa talablarni bajargan o‘qituvchilarga bazaviy lavozim maoshlariga 15-30 foiz ustama belgilanishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют