» » Farg‘onada KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazi qurilishi boshlandi

Farg‘onada KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazi qurilishi boshlandi


24-iyul kuni Farg‘onada Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazining tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Marosimda bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kan Chje Kvon, KOICA’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Son Song Il hamda shahar faollari va aholi vakillari ishtirok etdi.

Farg‘ona shahar Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish ishlari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarori hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha 2018?2022-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, markazda bir vaqtning o‘zida 240 nafar o‘quvchi axborot texnologiyalari, elektr va elektronika, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, kosmetologiya singari besh yo‘nalish bo‘yicha kasbiy ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Farg‘ona shahar Kasb-hunarga o‘qitish markazi bu yo‘nalishda KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan to‘rtinchi loyiha hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkent (2012), Shahrisabz (2016), Samarqand (2018) shaharlarida bu kabi kasb-hunarga o‘qitish markazlari faol ishlab kelmoqda. Ularda bugungi kungacha jami 8000 nafar o‘quvchi turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasblarni egallashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют