» » Ozbekistonda kadastr hujjatlari tayyorlash boyicha davlat xizmatlarining yangi narxlari belgilandi

Ozbekistonda kadastr hujjatlari tayyorlash boyicha davlat xizmatlarining yangi narxlari belgilandi


Kadastr hujjatlarini tayyorlash boyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish togrisidagi hukumat qaroriga ozgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan ozgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan kochmas mulk obyektlariga bolgan huquqlar va ular boyicha tuzilgan bitimlarni davlat royxatidan otkazish uchun quyidagi narxlar belgilandi:

jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bolgan turar joy kochmas mulk obyektlari va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bolganida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;

301 kvadrat metrdan ortiq bolsa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

yuridik shaxslarning turar joy kochmas mulk obyektlari va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

jismoniy shaxslarning noturar joy kochmas mulk obyektlari va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

yuridik shaxslarning noturar joy kochmas mulk obyektlari va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yerga bolgan huquqlarini davlat royxatidan otkazish va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;

jismoniy shaxslarning noturar joy obyektlari uchun berilgan yerga bolgan huquqlarini davlat royxatidan otkazish va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazish va davlat reyestridan kochirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini davlat royxatidan otkazish bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

mulkida turar joy borligi (yoqligi) haqida axborot berish bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

Kochmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni ozgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigim undiriladi.

Shuningdek, yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.

I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun yuqoridagi davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-07-2019, 08:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -