» » Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorchilik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorchilik bildirdi


Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi. Prezident matbuot xizmati mazkur minnatdorchilik matnini keltirgan.

“Tavallud kunim munosabati bilan chin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo‘llagan davlat va hukumat rahbarlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalari, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.

Mening sha’nimga bildirilgan bu iliq tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining yana bir e’tirofi sifatida qabul qilaman.

Fursatdan foydalanib, mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga chin yurakdan o‘zimning cheksiz mehr-muhabbatimni va hurmatimni bildiraman.

Biz xalqimiz bilan birgalikda jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligiga erishish bo‘yicha oldimizga qo‘ygan ulkan va sharafli maqsadlarga albatta yetamiz, deb ishonaman”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют