» » “Real”ning salkam 50 mln yevroga sotib olgan futbolchisi jarohat oldi

“Real”ning salkam 50 mln yevroga sotib olgan futbolchisi jarohat oldi


Madridning “Real” klubi tibbiy xodimlari jamoa himoyachisi Ferlan Mendiga o‘ng oyoq son qismi mushaklari shikastlanishi tashxisini qo‘ydi. Bu haqda “qaymoqranglilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

AS’ga ko‘ra, 24 yoshli fransuz jarohat sabab uch yoki to‘rt hafta maydonga tushmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mendi iyun oyida “Real”ga “Lion”dan 48 million yevro evaziga o‘tgandi. Fransuzlar qo‘shimcha bonus sifatida yana 5 millionga ega bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mendi “Lion” safida 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 7 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют