» » Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki davlat chegarasida uchrashdi

Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki davlat chegarasida uchrashdi


Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qirg‘iz-tojik chegarasida uchrashdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbari chegara hududidagi aholi bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazgan.

Mahalliy aholi bilan uchrashuvda ikki davlat rahbarlari tinchlik va totuvlik, xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlikni saqlash muhimligini qayd etdi. Shuningdek, chegaradagi mavjud bo‘lgan barcha muammolarni bartaraf etish uchun chora ko‘rishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat yetakchilari muzokaralarni davom ettirish uchun Tojikiston Respublikasining Isfara shahriga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyul kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi qurolli mojaro yuz berdi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Vorux qishlog‘i aholisi aholi punktiga kirish joyiga bayroq o‘rnatmoqchi bo‘lgan, Oq-Soy (Qirg‘iziston) qishlog‘i ahli esa bunga qarshi chiqqan. Og‘zaki tortishuv davomida tomonlardan biri qurol ishlatgan. Otishma oqibatida bir nafar tojikistonlik o‘qituvchi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi, bir nafar militsiya xodimi og‘ir ahvolda.

Keyinchalik Tojikiston chegara xizmati ushbu voqeani Tojikiston rahbari Emomali Rahmon va Qirg‘iziston rahbari Sooranbay Jeenbekovning uchrashuvi arafasida uyushtirilgan ig‘vo deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют