» » Vyetnam harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga keldi (foto)

Vyetnam harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga keldi (foto)


Veytnam respublikasi harbiy delegatsiyasi 26-iyul kuni Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro armiya o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan O‘zbekistonning “Forish” tog‘-dala poligoni joriy yilning avgust oyida V “Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019” doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga birinchi marta mezbonlik qiladi.

Mehmonlar Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, o‘quvchi yoshlar karnay-surnay sadolari ostida o‘zbekona udumlar bilan tantanali ravishda kutib olingan.

“Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi 4-avgust kuni boshlanib, Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют