» » Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik turar-joy dahasini aylanib o‘tadi

Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik turar-joy dahasini aylanib o‘tadi


Toshkentning Kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgich qayrilma shaklga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga tayanib.

“Fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasiga kelib tushgan ko‘p sonli so‘rovlar va murojaatlarga ko‘ra, mamlakat rahbari obyektni qayta tiklashga qaror qildi”, — deyiladi dasturda.

“Bu yo‘l katta qulayliklarni yaratadi hamda yondosh yo‘llar — Istiqbol va Sarikul ko‘chalaridagi yo‘l harakatini yengillatadi, tuman aholisi uchun katta qulayliklarni yuzaga keltiradi”, — dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ huziridagi “Boshtransloyiha” kompaniyasi bosh direktori Rustam Ro‘ziyev.

“Vazifamiz turar-joy dahasini saqlab qolishdan iborat edi, shu tufayli ushbu massivni aylanib o‘tadigan muhandislik yechimi qabul qilindi, bu esa zamonaviy texnologik yechimlarni talab qiladi. Shavkat Miromonovich ushbu obyektning muhimligini, uning aholi uchun zarurligini ta’kidladi, chunki bu loyiha shahar markazini shahar chekkasi bilan to‘g‘ri yo‘l orqali birlashtiradi. Shu sababli davlat rahbari mazkur loyihani takomillashtirish va qurilish muddatlarini tezlashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Yaqin oylarda bu obyektni quramiz va shahar aholisi foydalanishi uchun topshiramiz”, — dedi Rustam Ro‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют