» » Sergelida Nexia va Cobalt to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Sergelida Nexia va Cobalt to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi


26-iyul kuni soat 07:20 da Sergeli tumani Birodarlik ko‘chasida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli Aleksandr Z. 33 yoshli Kamal N. boshqaruvidagi  Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. YTH natijasida Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli Artur B. olgan tan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabarida aytiladi.

Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli Kamal N. va uch nafar yo‘lovchilar (25 yoshli Zinur M., 30 yoshli Pavel R., 27 yoshli Dmitriy N.), Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli Aleksandr Z. va 55 yoshli yo‘lovchi Marina K.lar tan shikastlari olishgan bo‘lib, tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

YTHga Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют