» » Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Qizilqum”ga yutqazib qo‘ydi

Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Qizilqum”ga yutqazib qo‘ydi


26-iyul, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning 7-daqiqasida Navoiy klubining gruziyalik yarim himoyachisi Mate Vatsadze “lochinlar” darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa “Navbahor” o‘z uyida kechgan bahsda “Qizilqum”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Mazkur o‘yindan so‘ng navoiyliklar ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” esa 21 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Coca-Cola Superligasi

14-tur bahslari

26-iyul, juma kuni

Gollar: 0:1 — 7 Mate Vatsadze

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich ( Obid Jo‘raboyev, 16), Azizbek Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Ilhom Alijonov, Abbos G‘ulomov (Amirbek Jo‘raboyev, 68), Ayubxon Nomanov (Sherzod Hakimov, 46), Nodir Mavlonov

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze, Steven Peter Lustika, Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Azizbek Usmonov, Ruslan Marg‘iyev, Saidjamol Davlatjonov (Nodirxon Kamolov, 58), Mate Vatsadze (Vohid Shodiyev, 85), Doston Ibragimov (Sardor Jahonov, 74)

Ogohlantirishlar: Saidjamol Davlatjonov (11), Lasha Totadze (90+1)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют