» » Londonda hujum uyushtirgan terrorchi Ma’sudning sheriklari bo‘lmagan

Londonda hujum uyushtirgan terrorchi Ma’sudning sheriklari bo‘lmagan


Londondagi parlament binosi yaqinida hujum uyushtirgan terrorchi Xolid Ma’sud sheriklarsiz harakat qilgan. Bu haqda shahar politsiyasiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Huquq-tartibot organlari axborotiga ko‘ra, u o‘z rejasini hech kim bilan muvofiqlashtirmagan. Bundan tashqari, tekshiruv boshqa ehtimoliy teraktlar haqidagi ma’lumotlarni bermadi. Politsiya vakili Nil Basu so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar Ma’sudning hujumdan maqsadini aniqlay olmasligi mumkin.

Politsiyachilar hujum 82 soniya ichida to‘xtatib qolinganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 22-mart, chorshanba kuni Londondagi parlament binosi oldida sodir etilgan hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют