» » XChK. 10 ta gol urilgan o‘yinda “Atletiko M” “Real”ni tor-mor qildi (video)

XChK. 10 ta gol urilgan o‘yinda “Atletiko M” “Real”ni tor-mor qildi (video)


Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 27-iyul, shanba kuni “Atletiko Madrid” hamshahari “Real”ga qarshi maydonga tushdi.

AQShda o‘tgan o‘yinda “Atletiko” “Real”ni 7:3 hisobida taslim qildi. “Matraschilar” safidagi gollarga Diyego Kosta (4 ta), Joau Feliks, Anxel Korrea hamda Vitolo mualliflik qildi. “Real”dan esa Nacho, Karim Benzema hamda Xavi o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Qayd etish joiz, jamoalar 65-daqiqadan boshlab 1 tadan kam o‘yinchi bo‘lib harakat qildi. Diyego Kosta hamda Dani Karvaxal hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Shu tariqa “Real” Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasini 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bilan yakunlashga majbur bo‘ldi.

“Atletiko” esa hozirgacha ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi. Simeone shogirdlari 10-avgust kuni “Yuventus”ga qarshi maydonga tushadi.

Xalqaro Chempionlar Kubogi

27-iyul, shanba kuni

Gollar: 0:1 – 1 Diyego Kosta, 0:2 – 8 Joau Feliks, 0:3 – 19 Korrea, 0:4 – 28 Diyego Kosta, 0:5 – 45, penalti Diyego Kosta, 0:6 – 51 Diyego Kosta, 1:6 – 59 Nacho, 1:7 – 70 Vitolo, 2:7 – 85, penalti Benzema, 3:7 – 89 Xavi.

“Real Madrid” – Kurtua (Navas, 46), Marselo (Beyl, 62), Ramos (Xavi, 62), Odriosola (Karvaxal, 46), Nacho, Isko (Rodrigo, 62), Kroos, Azar (Adri, 62), Modrich (Kubo, 62), Vinisius Junior (Vaskes, 46), Yovich (Benzema, 30).

“Atletiko” – Oblak, Savich (Felipe, 66), Ermoso (Montero, 66), Trippier (Karlos Isaak, 65), Lodi (Sanches, 66), Saul (Errera, 66), Koke (Lorente, 66), Lemar (Sanabriya, 66), Joau Feliks (Vitolo, 66), Diyego Kosta, Morata (Korrea, 13; Kamelo, 66).

Ogohlantirishlar: Isko (31), Saul (65), Nacho (88).

Chetlatishlar: Diyego Kosta (65), Karvaxal (65).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют