» » Superliga. “Bunyodkor” “Dinamo” maydoniga safar qiladi, “Nasaf” esa “Surxon” bilan bellashadi

Superliga. “Bunyodkor” “Dinamo” maydoniga safar qiladi, “Nasaf” esa “Surxon” bilan bellashadi


27-iyul, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi Termizda “Surxon” bilan bahsga kirishadi. Ma’lumot uchun, qarshiliklar avvalgi turda “Surxon” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Vadim Abramov boshliq Toshkentning “Bunyodkor” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasi maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham soat 18:00 da boshlanadi.

Qayd etish joiz, “qaldirg‘ochlar” 13-turda samarqandliklardan 2:1 hisobida ustun kelgandi.

Shu kuni “Buxoro” jamoasi “Andijon” mehmoni bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Buxoro klubi “Andijon”ni Behruz Shodmonovning goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ta’kidlash lozim, 13-turdan o‘rin olgan OKMK—“Metallurg” bahsida g‘olib nomi aniqlanmagandi (1:1).

Coca-Cola Superligasi

14-tur bahslari

27-iyul, shanba kuni

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют