» » Tramp ma’muriyati Obamacare bekor qilinishi uchun kurashishda davom etadi

Tramp ma’muriyati Obamacare bekor qilinishi uchun kurashishda davom etadi


AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma’muriyat sobiq prezident Barak Obama tomonidan joriy etilgan, Obamacare sifatida mashhur bo‘lgan tibbiy sug‘urta tizimini bekor qilish bo‘yicha harakatlarini davom ettirishini aytdi, deb yozadi “Interfaks”.

U G‘arbiy Virginiya shtatida ishbilarmon doiralar vakillari oldida nutq so‘zlar ekan, mamlakatning hozirgi hukumati “Obamacare fojiasiga nuqta qo‘yib, Amerika xalqiga ular istagan, jahon miqyosidagi tibbiy sug‘urta tizimini berishi”ni ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi Obamacare o‘rniga taklif qilgan sog‘liqni saqlash islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qaytarib olgan va  tez orada bu sohadagi yangi qonun loyihasi tayyorlanishini va’da qilgan edi.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют