» » Klublar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon Chempionati musobaqasi o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon Chempionati musobaqasi o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi


Klublar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon Chempionati 11—21-dekabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIFAning rasmiy saytida xabar berildi.

Musobaqada yettita jamoa ishtirok etadi. Ular orasida “Liverpul”, Meksikaning “Monterrey”, Tunisning “Esperans”, Qatarning “As-Sadd” klublari hamda Yangi Kaledoniyadan “Yegen Sport” jamoasi ishtirok etadi. Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi ikkita jamoa esa Libertadores Kubogi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqalari yakunlangach ma’lum bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati har yili dekabr oyida 7 ta jamoa ishtirokida o‘tkazib kelinar edi. 2021-yildan esa ishtirokchilar soni 7 tadan 24 tagacha ko‘paytiriladi.

Yevropa futbol assotsiatsiyasi uyushmasidan 8 ta, Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasidan 6 ta, Shimoliy va Markaziy Amerika futbol konfederatsiyasi, Karib havzasi davlatlari, Afrika futbol konfederatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasidan 3 tadan, Okeaniya futbol konfederatsiyasidan 1 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют