» » Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor


Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi tungi klublarning birida konstruksiyasi quladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan va kamida 10 nafari jabrlangan. Jabrlanganlar orasida shu kunlarda Kvanjuda bo‘lib o‘tayotgan suv sporti chempionati ishtirokchilari ham bor.

Voqea 27-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 2:30 larda sodir bo‘lgan. Hukumat xabariga ko‘ra, konstruksiya belgilanganidan ortiq yuk sababli qulagan.

Halok bo‘lganlar Janubiy Koreya fuqarolari ekanligi aniqlangan. Jabrlanganlarning 9 nafari  Yangi Zelandiya, Italiya, Braziliya, Nidelandiyadan kelgan jahon chempionati ishtirokchilari bo‘lib, ularning olti nafari ayollardir.

Jabrlangarlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor, lekin ular sportchilar emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют