» » Britaniyalik olimlar ismaloqdan yurak muskul to‘qimasini hosil qildi

Britaniyalik olimlar ismaloqdan yurak muskul to‘qimasini hosil qildi


Buyuk Britaniyadagi Vuster politexnika instituti olimlari ismaloq yaprog‘idan o‘z xususiyatlariga ko‘ra miokard muskul to‘qimasiga yaqin bo‘lgan organik modda ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘simlikning kapillyar to‘ri odamning yurak-tomir tizimi kabi ishlashi tufayli, uni tajribada qo‘llash mumkin bo‘ldi.

O‘simlik to‘qimasini ajratib olish uchun olimlar ismaloqdan bir qator moddalarni olib tashladi va neytral sellyulozadan bo‘lgan kapillyarli karkasning o‘zini qoldirdi. Organik tanavor (yarim tayyor mahsulot)ga tana hujayralari bilan ishlov berilishi natijasida kichik hajmdagi suyuqlikni o‘tkazishga qodir bo‘lgan muskul to‘qimasi hosil bo‘ldi.

“Biz yaproq kapillyarlarini qon tanachalari bilan boyitilgan bo‘yoq bilan to‘ldirdik va ular aylanishni boshladi”, — dedi yetakchi biomuhandis Glen Godet.

Mutaxassislar ixtiro kelajakda sun’iy organlar yaratish jarayonida donorlik materiallaridan foydalanishni minimallashtirish imkonini berishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, biokimyogarlar, o‘zlarining fikricha, o‘pka to‘qimasini o‘stirishda yordam beruvchi brokkoli xususiyatlarini o‘rganishni boshlaganini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют