» » “Yuksalish” harakati aholi va hokimiyat vakillarining “ochiq konfrontatsiyasi”dan tashvishda ekanligini bildirdi

“Yuksalish” harakati aholi va hokimiyat vakillarining “ochiq konfrontatsiyasi”dan tashvishda ekanligini bildirdi


“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov O‘zbekistonda aholi va hokimiyat vakillarining ochiq konfrontatsiyasiga sabab bo‘layotgan ko‘chmas mulklarni ommaviy buzish jarayonlaridan tashvishda ekanini ma’lum qildi.

“Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ijro etishga mas’ul alohida mahalliy boshqaruv organlarining tartibsiz harakatlari, shu jumladan, qonunda belgilangan tartiblarga zid ravishda ogohlantirishlarsiz, kompensatsiyalarni to‘liq to‘lamasadan, bir so‘z bilan aytganda, uy egalari va tadbirkorlarning roziligini olmasdan xususiy yer uchastkalarining davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi holatlarini kuzatyapmiz”, — deyiladi harakat tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Mavzuga doir: Adliya vaziri Ruslanbek Davletov: “Odamlarning uyini buzib, ko‘chaga chiqarib qo‘yib, kompensatsiya to‘lamaslik — vahshiylik!”

Akmal Burhonovning ta’kidlashicha, shahar va tumanlar, qishloqlar va mahallalarni obodonlashtirish pozitiv jarayon, biroq “qator ziddiyatli va keng rezonans uyg‘otgan Yakkabog‘dagi ikki holat, Rishton, Yangiyo‘l tumanlari va Urganch shahridagi fuqarolar va hokimiyat vakillarining ochiq konfrontatsiyasi kabi holatlar hammamizni tashvishlantirmoqda”.

Harakat raisi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan doimiy tarzda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni sanab o‘tdi:

Akmal Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, “Yuksalish” umummilliy harakati bu kabi holatlarga barham berishga yo‘naltirilgan tizimni yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqmoqda. Jumladan:

“‘Yuksalish’ umummilliy harakati muammoga aloqador barcha tomonlar, fuqarolar, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari va jamoatchilik kengashlari, quruvchi tashkilotlar, deputatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokamalarni tashkil qilishni rejalashtirilmoqda”, — deya ma’lum qildi Akmal Burhonov. Ushbu masala bo‘yicha taklif va mulohazalarni info@yumh.uz elektron pochta manziliga yoki Telegram’dagi @yuksalishuzb_bot botiga yuborish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют