» » Habib Nurmagomedov Dastin Poryega qarshi jangi oldidan: “Hammasi rejadagidek”

Habib Nurmagomedov Dastin Poryega qarshi jangi oldidan: “Hammasi rejadagidek”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov o‘zining Instagram sahifasiga mashg‘ulotlardan suratlar joyladi.

Ayni damda Nurmagomedov Dastin Poryega qarshi kechadigan chempionlik uchun jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Oldinda yana qiyin bir hafta bor, hammasi rejadagidek ketmoqda”, — deya suratlariga izoh qildiradi Habib Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, UFC 242 musobaqasi doirasida kechadigan Habib Nurmagomedov—Dastin Porye jangi 7-senatbr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Bu Habibning UFC’dagi chempionlik kamari himoyasi uchun kechadigan ikkinchi jangi hisoblanadi.

2018-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan jangda Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют