» » Qozog‘istonda yaxshilik departamenti tashkil etildi

Qozog‘istonda yaxshilik departamenti tashkil etildi


Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida uchta yangi — oldini olish, yaxshilik va hamkorlik departamenti tashkil etildi. Bu haqda “Inbusiness.kz” xabar berdi.

“Davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha agentlikning nizomi va tuzilmasi tasdiqlandi. Yangi tuzilma korrupsiyaning oldini olish afzalligini aks ettiradi, shuning uchun ushbu yo‘nalishda uchta yangi departament tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu qaror rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashish organlari faoliyatini o‘rganish natijasida qabul qilingan.

Korrupsiyaning oldini olish departamenti antikorrupsion monitoring, korrupsion risk tahlili bilan shug‘ullanadi.

“Yaxshilik departamentining oldiga antikorrupsion dunyoqarashni shakllantirish vazifasi qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.

Hamkorlik departamenti esa jamoatchilik bilan aloqalar, OAV va xalqaro hamkorlik masalalariga javob beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют