» » Toshkentda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi


Joriy yilning 29-iyul kuni soat 8:00 hamda 15:00 da 2019—2020-o‘quv yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar:

Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasidagi  “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi;

Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasidagi  oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi;

Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasidagi Xalq iste’mol tovarlarining ko‘rgazma yarmarka savdosi respublika markazi;

Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasidagi sport majmuasi;

Shayxontohur tumani, Islom Karimov shoh ko‘chasidagi “Yoshlik” sport majmuasi.

“Toshshahartransxizmat”AJ imtihon kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transport qatnovi uzluksizligini ta’minlash maqsadida 29-iyuldan boshlab o‘z tasarrufidagi yo‘nalishlarga avtobuslarni odatdagi harakat jadvalidan bir soat oldin chiqaradi.

Imtihon kunlari yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar yuzaga kelmasligi uchun avtobus saroylarida haydovchi va chiptachilar o‘rtasida qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazildi. Bundan tashqari imtihonlar bo‘lib o‘tadigan muassasalar atrofida yo‘llarning vaqtinchalik  yopilishi munosabati bilan qo‘shimcha choralar belgilanishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют