» » Gonkongda politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Gonkongda politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi


Gonkongda ikki kundan buyon norozilik namoyishlari davom etmoqda. 28-iyul kuni politsiya namoyishchilarni quvib yuborish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ko‘ngilsiz hodisa Gonkongning shimoli-g‘arbiy qismida, Xitoy hukumatining markaziy kanselyariyasi binosi yaqinida sodir bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar huquq-tartibot xodimlariga qarata g‘ishtlarni uloqtirgan. Ayni vaqtda politsiya hududni tozalash bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, namoyish ishtirokchilari turli joylarda yong‘inlarni keltirib chiqarmoqda.

To‘rt kishi jarohat olib shifoxonaga jo‘natilgan, politsiya 10 kishini qo‘lga olgan.

So‘nggi ikki oydan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari zo‘ravonliklarga aylanib ketmoqda. Namoyishchilar fuqarolarning sud qilinishi uchun Gongkong orolidan Xitoyning asosiy qismiga yuborilishiga yo‘l ochuvchi qonun loyihasiga qarshi noroziliklarini izhor qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют