» » IShID jangarilari qariyb ikki oy Mosul yaqinidagi o‘rada yashiringan

IShID jangarilari qariyb ikki oy Mosul yaqinidagi o‘rada yashiringan


Mosuldan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Hamam-al-Alilda IShIDning 4 nafar jangarisi harbiylar tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda RT nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 25-martga o‘tar kechasi Iroq harbiylari va olti nafar jangari o‘rtasida otishma yuz bergan. Natijada to‘rt nafar terrorchi yo‘q qilingan, ikki nafari esa yashirinishga ulgurgan.

Otishma yuz bergan hudud IShID jangarilaridan ikki oy avval ozod qilingan. Guvohlarning aytishicha, terrorchilar ikki oy mobaynida yer ostidagi chuqurda yashirinib yotgan va o‘tgan tunda undan chiqishga qaror qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют