» » Toshkent IIBB YPX xodimidan qochgan Damas bo‘yicha ma’lumot berdi

Toshkent IIBB YPX xodimidan qochgan Damas bo‘yicha ma’lumot berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Damas haydovchisining yo‘l-patrul xizmati xodimidan qochgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

Videoda aks etgan holat 28-iyul kuni soat taxminan 17:00 da Olmazor tumanida yuz bergan.

Damas haydovchisi “Sag‘bon” ko‘chasida transport vositalari harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan.

U YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmagan.

Shundan so‘ng ichki ishlar organi xodimi o‘rnatilgan tartibda qoidabuzarni ta’qib eta boshlagan.

YPX xodimi o‘zining bevosita rahbari ko‘rsatmasiga ko‘ra, boshqa fuqarolar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik maqsadida Damas’ni ta’qib qilishdan to‘xtagan. Biroq, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, boshqa odamlar xavfsizligiga tahdid solib, Kichik halqa yo‘li va Sag‘bon ko‘chasi chorrahasidan yashiringan.

Davlat raqami 01 А 063 SА  bo‘lgan Damas avtomobili N.F nomiga rasmiylashtirilgani aniqlandi.

To‘rt kishiga ushbu avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma berilgan.

Hozirda qoidabuzarlik sodir etilgan paytda Damas’ni boshqargan haydovchi shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют