» » Messiga Ibitsada hujum qilindi

Messiga Ibitsada hujum qilindi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messiga Ibitsadagi tungi klubda hujum uyushtirildi, deya xabar berdi Daily Star.

Futbolchi rafiqasi hamda “Barselona”dagi sheriklari bilan dam olish maskanida hordiq chiqarayotgan bir vaqtda tashrif buyuruvchilardan biri Messiga hujum qilishga urindi. Argentinalikni noma’lum shaxs bir necha bor itarib yubordi va zudlik bilan Messini qo‘riqchilari o‘rab oldi va hujum qilgan shaxsni surib chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, Messi mavsumoldi “Barselona” o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Kopa Amerika musobaqasida u Argentina terma jamoasi bilan birgalikda 3-o‘rinni egalladi. Hujumchiga dam olish uchun qo‘shimcha ta’til berildi. Messi ayni damda ta’til kunlarini Ibitsada o‘tkazmoqda.

Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati Messiga faoliyati yakuniga qadar shartnoma taklif qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Messi 2004-yildan buyon Kataloniya klubi sharafini himoya qilib keladi. U klub bilan birgalikda 10 marta Ispaniya chempioniga aylandi, 6 marotaba Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 4 bor Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongandi. Bundan tashqari, u 5 marotaba “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют