» » Istanbuldagi kasalxonada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Istanbuldagi kasalxonada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi


O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 28-iyul kuni “Samatya Hastanesi” tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi X.M. vafot etdi. Bu ayol baxtsiz hodisadan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

Shu kunning o‘zida ushbu kasalxonada Istanbul shahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida pichoq yaralari bilan kasalxonaga yotqizilgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi N.Z. halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Ushbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergov ishlari boshlangan.

Bosh konsulxona ushbu holatlarni nazoratga oldi va halok bo‘lganlarning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan +90-212-323-20-37, +90-212-229-00-75 telefon raqamlari orqali bog‘lanish mumkinligini eslatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют