» » Samarqandda elektr tarmoqlari korxonalari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda elektr tarmoqlari korxonalari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchilarning shaxsiy hisob-varaqasiga kiritilgan to‘lovlarning qonuniyligi o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi va Nurobod tumani elektr tarmoqlari korxonasining “Elektrhisob” dasturidagi 22 million 837 ming so‘m mablag‘ Samarqand shahrida yashovchi Ye.Karaleva va boshqalarning nomiga ochilgan “Elektrhisob” dasturidagi shaxsiy hisob-raqamlariga 2019- yilning mart, aprel va may oylari uchun o‘tkazib berib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan MIB shahar bo‘limi tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumani elektr tarmoqlari korxonalari mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahar prokuraturasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют