» » Yaponiyada issiq tufayli bir hafta ichida 11 kishi vafot etdi

Yaponiyada issiq tufayli bir hafta ichida 11 kishi vafot etdi


Yaponiyada 22-iyuldan 28-iyulga qadar havo haroratining yuqoriligi sabab 11 kishi halok bo‘ldi, yana 5,6 ming kishi shifoxonaga yetkazildi, deb xabar beradi “TASS”.

Iyul oyi Yaponiyada odatdagi yoz fasliga nisbatan salqin kelgan, muntazam davom etgan yog‘ingarchilik sabab quyoshli kunlar kam bo‘lgan. Biroq o‘tgan hafta meteorologlar rasman yomg‘irlar mavsumi tugaganini ma’lum qilgandi. Havo harorati 32—33 darajaga yetgan.

Joriy haftada esa Xonsyu orolidagi havo harorati kunduzi 35 darajaga yetishi kutilmoqda.

Jabrlangan va halok bo‘lganlarning aksariyati ortiqcha chiqim qilishni istamay, uyiga konditsioner o‘rnatmagan yoshi katta insonlar. Mamlakat rasmiylari aholidan bosh kiyimda yurishni, ko‘proq suyuqlik ichish va uzoq vaqt quyosh tagida qolmaslikni so‘ramoqda.

2018-yilda kuchli issiq sabab Yaponiyada 150 dan ortiq odam halok bo‘lgan, o‘n minglab odam shifoxonaga tushib qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют