» » Xitoyda turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi

Xitoyda turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi


Xitoyning Baotou okrugi (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumani)dagi turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Avvalroq noxush hodisa oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida 25 kishi jarohat oldi, shulardan 4 nafari og‘ir ahvolda. Portlash oqibatida ko‘p qavatli uyning bitta podyezdi butunlay vayron bo‘ldi.

Baxtsiz hodisa kecha, 25-mart kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00)da sodir bo‘ldi. Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi binolarning oynasini sindirib yubordi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют