» » O‘zbekistonda 661 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanmoqda

O‘zbekistonda 661 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanmoqda


Joriy yilning birinchi yarmida 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga 590 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuraturada jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, shu paytgacha 537 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman, shahar miqyosidagi idoralar hamda korxona va tashkilotlardir.

Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trillion 665 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning asosiy qismi undirilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 250 nafari o‘zganing mulkini talon-toroj qilgan, 48 nafari majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan, 71 nafar shaxs pora olish-berish yoki unda vositachilik qilgan, 51 nafari firibgarlik, 23 shaxs mansabni suiiste’mol qilgan va hokazo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют