» » Oqqonga chalingan bolajonlar yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj

Oqqonga chalingan bolajonlar yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj


Navoiylik Odilbek Islomov endigina 3 yoshni qarshiladi. Odilbekka 15- fevralda o‘tkir limfoblastli leykoz kasalligining 1-faol davri tashxisi qo‘yilgan. U hozirda kimyoterapiya davolanish kurslarini boshlagan. Hozirda davolash muolajasining ikkinchi kursni davom ettiryapti.

“Farzandimning kurslariga ketadigan har bir dorisi juda qimmat turadi. Bundan tashqari uni gematologiyada davolatayotganimiz sabab Navoiydan Toshkentga kelib yashashga majburmiz. Ijara haqi 200 dollar. Bu orada ko‘pchilikdan qarz ham bo‘lib qoldik. Endi navbatdagi davolash kurslarini davom ettirishga moddiy tomondan qo‘limiz kaltalik qilyapti. Odilbegimni tuzalib ketishiga umidimiz katta. Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan farzandimni kurslarini davom ettirishida, dorilarini olib berishda imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman”, — deydi Odilbekning onasi Nigora opa biz bilan suhbatda.

Barcha saxovatpesha insonlardan Odilbekka imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini so‘rab qolamiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme)

Otasi Yo‘ldoshov G‘ulom Islomovich nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0417 9293 4516

Agrobankning Toshkent shahar filialida Yo‘ldoshov G‘ulom Islomovich nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda:

2311 6000 600000 394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda:

2311 8000 400000 394500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

2312 0000 900000 394001

Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib yordam bermoqchi bo‘lganlar otasini pasport ma’lumotlari:

Yo‘ldoshov G‘ulom Islomovich

Pasport raqami: AA 2845699

Bemor Odilbekning otasi G‘ulombek akaning telefon raqami:

+99893 434 84 13

Navbatdagi bemor Lazizbek Rayimov 2014-yil 12-fevralda tug‘ilgan. 8 oydan beri oq qon kasalligi bilan kurashib kelmoqda.

“Shu kunga qadar o‘g‘limni davolatishda qarindoshlarimizdan, tanishlardan katta miqdorda qarz olishga majbur bo‘lganmiz. Bor-budimizni sotib, qarz olib o‘g‘limni davolanishiga sarfladik. Hozirda farzandim asosiy to‘rtinchi kurs davolanish muolajalarini olib kelmoqda. Xudoga shukr, muolajalarni o‘z vaqtida olib kelayotganimiz sababli bolajonimda yaxshi tomonga o‘zgarish bor. Yana ikkita kursdan ya’ni to‘rt oydan keyin qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovchi kurslari boshlanadi. Hozirda bitta kursga 15 million so‘mdan ortiq mablag‘ talab etilyapti. Bolam tezroq tuzalib ketishini, tengdoshlari katori kuchalarga chopib o‘ynab yurishini juda xohlayman. Yaxshilar yordamiga juda muhtojmiz”, — deydi biz bilan suhbatda Lazizbekning onasi Mahbuba Davronova.

Lazizbekning ahvolida biroz o‘zgarish sezilgan bo‘lsa-da, uning tamomila sog‘ayib ketishi uchun davolanish jarayoni davom etishi zarur. Buning uchun esa tabiiyki katta mablag‘ talab etiladi.

Lazizbekning onasi saxovatpesha insonlardan umid ila yordam so‘ramoqda.

Imkon qadar Lazizbekning sog‘ayib ketishi uchun hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Mahbuba Davronova nomiga ochilgan

Xalq banki: 8600 0609 8265 0146

Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Davronova Mahbuba Narzullayevna

Pasport raqami: AB 6985279

Bemor Lazizbekning onasi Mahbuba Davronovaning telefon raqami:

+99893 767 02 91

Bunyodbek Matyozov 2009-yil 31-mayda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 2019-yil 7-yanvar kuni unga o‘tkir limfoblastli leykoz tashxisi qo‘yilgan. Hozirda Bunyodbek uzluksiz kimyoterapiya muolajalarini olmoqda. Navbatdagi asosiy kurslardan tashqari 2 yillik qo‘llab quvvatlov kurslari bor.

Bunyodbek oilada uchinchi farzand. Ota-onasi ayni paytda ishsiz. Kasallikni davolash uzoq vaqt va katta mablag‘ni talab qiladi. Dori-darmonlar juda qimmatligi sababli oila moddiy tomondan ancha qiynalib qolgan.

Barcha yurtdoshlardan Bunyodbekning tuzalib ketishida xolis yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Agrobank: 8600 0417 8864 8781

AA6550990

Otasi Raximboyev Umid Matyozovich

Tel:+998919878745

Onasi Inoyatova Gulasal.

Tel:+998904333725



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют