» » Rossiyaliklarning qariyb 40 foizi Putinning 2024-yildan so‘ng prezident bo‘lishiga qarshi

Rossiyaliklarning qariyb 40 foizi Putinning 2024-yildan so‘ng prezident bo‘lishiga qarshi


Rossiyaliklarning 38 foizi Vladimir Putinning amaldagi vakolati tugaganidan keyin qayta prezidentlikka saylanishiga qarshi. “Vedomosti”ning yozishicha, bu “Levada-markaz” tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda bunday javob berganlar soni 11 foizga ortgan, lekin 38 foiz bu rekord daraja emas. 2012-yilning oktabr oyida bu ko‘rsatkich 40 foiz, 2013-yilning oktabrida esa 45 foiz bo‘lgan.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 54 foizi Putinni 2024-yilda Kremlda qoldirish tarafdori. So‘nggi marta bunday yuqori ko‘rsatkich 2017-yilning avgustida kuzatilgan (67 foiz). Javob berishga ikkilanganlar esa 8 foizni tashkil etgan. Avvalroq bu ko‘rsatkich 14 foizdan 26 foizgacha bo‘lgan.

Vladimir Putin 2018-yilning mart oyida to‘rtinchi marta prezidentlikka saylangan. Amaldagi Konstitutsiyaga ko‘ra, u 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lolmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют