» » Buxoroda erkin turistik zona paydo bo‘ladi

Buxoroda erkin turistik zona paydo bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik imkoniyatlarini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Buxoroda hududi 10 gektardan kam bo‘lmagan “Boqiy Buxoro” nomli erkin turistik zona yaratiladi. Bu haqda Norma axborot-huquq portali xabar bermoqda.

Xorijiy sayyohlarga to‘liq dam olish imkoniyatini yaratish maqsadida ETZ hududida turli darajada xizmat ko‘rsatish qulayliklariga ega mehmonxonalar, ko‘ngilochar va savdo muassasalari, xususan, 500 kishilik amfiteatr, bouling-klublar, raqs maydonlari va karaoke, milliy taomlar va dunyoning mashhur oshxonalarini taqdim etuvchi bar, kafe, restoranlar, suvenirlar va boshqa mahsulotlar do‘konlari qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

Buxoro shahrining tarixiy qismida (“Shahriston” bozori hududida) ikki qavatli uylardan iborat hunarmandlar dahasi va yopiq bozor yaratiladi. Shuningdek, ushbu dahada an’anaviy ustaxonalar, milliy suvenirlar, zardo‘zlik mahsulotlari, kitoblar, meva va sabzavotlar, shirinlik va sayyohlarni jalb etuvchi boshqa mahsulotlar sotiluvchi do‘konlar ochiladi.

Loyihalarni amalga oshirish ishlari 2017-yil 1-iyuldan boshlanib, 2018-yil martiga qadar ilk obyektlarni ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют