» » Superliga. “Paxtakor” “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

Superliga. “Paxtakor” “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi


30-iyul, seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi mehmonda Navoiyning “Qizilqum” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda “sherlar” a’zolari Yegor Krimets (11), Marko Simich (17), Igor Sergeyev (47, 77) hamda Dostonbek Hamdamov (62) urgan gollar “Paxtakor”ga “Qizilqum” ustidan yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (5:0).

Mazkur o‘yindan so‘ng musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan toshkentliklar ockolari sonini 41 taga yetkazib oldi. “Qizilqum” esa 14 ochko bilan 10-o‘rinni band qilib turibdi.

Coca-Cola Superligasi

15-tur bahsi

30-iyul, seshanba kuni

Gollar: 0:1 — 11 Krimets, 0:2 — 17 Simich, 0:3 — 47 Sergeyev, 0:4 — 62 Hamdamov, 0:5 — 77 Sergeyev

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze, Stiven Lyustitsa, Salim Mustafoyev, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Azizbek Usmonov (Saidjamol Davlatjonov, 50), Ruslan Margiyev, Mate Vatsadze (Vohid Shodiyev, 89), Suhrobjon Yarashov (Nodirxon Kamolov, 53)

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Marko Simich (Vladimir Kozak, 79), Yegor Krimets (s), Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Husniddin G‘ofurov, 66), Marat Bikmayev (Dostonbek Hamdamov, 59), Igor Sergeyev

Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullayev (22), Farruh Sayfiyev (22), Mate Vatsadze (88)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют