» » 15-avgustdan tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi narxlari oshadi

15-avgustdan tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi narxlari oshadi


15-avgustdan O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek, elektr energiyasi uchun tariflar oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 30-iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hisoblagichlar mavjud bo‘lganda aholiga sotiladigan bir kubometr tabiiy gazning narxi 380 so‘mni tashkil etadi (hozirda — 320 so‘m, o‘sish — 18,7 foiz). Hisoblagich yo‘q bo‘lganda, pishirish va suvni isitish uchun ishlatilgan gazning narxi 660 so‘m bo‘ladi (hozirda — 553 so‘m, o‘sish — 19,3 foiz), isitish tizimi uchun esa — 380 so‘m (hozirda — 320 so‘m, +18,7 foiz).

Aholi uchun beriladigan suyultirilgan gazning kilogrammi 1120 so‘mni tashkil etadi. Hozirda uning narxi 950 so‘m bo‘lib, o‘sish 17,8 foizga teng.

Turar-joy iste’molchilari uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi 250 so‘mdan 295 so‘mga oshadi. Boshqa kategoriyadagi iste’molchilar uchun esa tarif qiymati 450 so‘mga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют