» » NATO samolyotlari Rossiya chegarasi yaqinida razvedka o‘tkazdi

NATO samolyotlari Rossiya chegarasi yaqinida razvedka o‘tkazdi


Amerika Harbiy-havo kuchlariga qarashli Boeing RC-135V Rivet Joint radioelektron razvedka samolyoti Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida razvedka ishlarini amalga oshirdi, deb xabar beradi Sputnik.

Havo kemasi amerika bazasidan uchib, Rossiyaning g‘arbiy qismi tomon yo‘nalish olgan. Moskva vaqti bilan 10:55 da samolyotni Kaliningrad chegarasi yaqinida payqashgan. Oradan uch soat o‘tib, Boeing ortiga qaytgan.

Kaliningrad viloyatiga shved razvedkachi-samolyoti ham juda yaqin kelgan. PlaneRadar ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasi Boltiq dengizi akvatoriyasida razvedkani amalga oshirayotib, Rossiya chegarasi yaqinidan uchib o‘tgan.

So‘nggi vaqtlarda chet el uchuvchisiz uchish qurilmalari va razvedkachi-samolyotlari Rossiya chegarasida tez-tez paydo bo‘la boshladilar. Ularni Qora dengiz, Kaliningrad viloyati yaqini, shuningdek, Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida payqashmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiriqlariga qaramay, Vashington Rossiya sarhadlarida razvedkaga oid operatsiyalarni to‘xtatishdan bosh tortmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют