» » Jahon banki Yangiyo‘l, Kogon va Chortoq shaharlarini kompleks rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratilishini ma’qulladi

Jahon banki Yangiyo‘l, Kogon va Chortoq shaharlarini kompleks rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratilishini ma’qulladi


Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” dastlabki loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 100 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘ini O‘zbekistonga taqdim etish ma’qullandi.

Prezident qaroriga muvofiq, loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyo‘l (Toshkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va Chortoq (Namangan viloyati) belgilangan.

Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda qaytarish muddati 30 yil bo‘lgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlaridan, shuningdek, ko‘chib o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplashdan iborat ekvivalenti 24,12 million AQSh dollari miqdoridagi hissasi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, XTTB qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Loyihani amalga oshirish doirasida XTTB qarz mablag‘ini so‘ndirish, shuningdek, foizlar, vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston davlat byudjeti va tegishli viloyatlarning mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют