» » Muhammad— Isroilda o‘tgan yili chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilga ism bo‘ldi

Muhammad— Isroilda o‘tgan yili chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilga ism bo‘ldi


Isroilda 2018-yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Isroilda o‘tgan yili dunyoga kelgan 2646 nafar chaqaloqqa Muhammad ismi qo‘yilgan.

Yahudiylar oilalarida tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida David ismi ham ommabop bo‘ldi. Ushbu ism 1,5 ming nafar chaqaloqqa berilgan.

Ommaboplikdagi uchinchi o‘rinni 1,3 ming nafar chaqaloq atalgan Ariyel ismi egalladi.

Qiz bolalarga qo‘yilgan ismlar orasida esa Tamar ismi yetakchilik qilmoqda. Ushbu ism ketma-ket uch yil davomida qiz bolalarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ism bo‘lib kelmoqda.

Shuningdek, so‘nggi paytlarda mamlakatda Mayya va Avigayl ismlari ham ommalashmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, isroilliklar farzandlariga ism tanlayotganida ko‘pincha serial qahramonlari ismlarida to‘xtaladi yoki Lenni, Tommi yoki Dilan kabi xorijiy ismlarni tanlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют