» » Eldor Shomurodov Rossiya chempionatida iyul oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

Eldor Shomurodov Rossiya chempionatida iyul oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda


Rossiya Premyer ligasida iyul oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda musobaqaning “VKontakte”dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Mazkur sovrin liga tarixida ilk marotaba o‘z egalariga topshiriladi.

Eng yaxshi o‘yinchini aniqlashda muxlislar bilan birgalikda Premyer liga mutaxassislari hamda “Match Premyer” jamoasi ham ishtirok etadi.

Ushbu sovringa hozirda “Rostov” klubi sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bilan bir qatorda Yuriy Dyupin (“Rubin”), Aleksey Ionov (“Rostov”), Artyom Dzyuba (“Zenit”) va Aleksandr Sobolev (“Krilya Sovetov”) ham da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum Rossiya chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют