» » Buxoroda chet tillarida gaplasha oluvchi turistik militsiya guruhi tuziladi

Buxoroda chet tillarida gaplasha oluvchi turistik militsiya guruhi tuziladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik imkoniyatlarini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi taqdim etildi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Buxoroda erkin turistik zona paydo bo‘ladi

Loyihaga binoan Buxoroning o‘zida kichik halqa yo‘li yaratilib, u yuk avtomobillari harakati uchun mo‘ljallanadi. Yo‘llar va piyoda yo‘lkalari ta’mirlanadi. Shuningdek, shaharning yoritish tizimi to‘liq modernizatsiya qilinadi.

Shuningdek, loyiha Samarqand, Xiva va Buxoroni bog‘lovchi asosiy avtomagistrallar ta’mirlanishi hamda Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishini tezlashtirishni ko‘zda tutadi.

2018-yildan boshlab Buxoroda turistik militsiyaning tajribaviy guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi. Chet tillarini biluvchi ushbu militsiya xodimlari shahar mehmonlariga yordam beradi.

“Ark” majmuasi ichki hovlisining buzilgan qismi 2021-yilgacha qayta tiklanadi, majmuaning o‘zi esa to‘liq ta’mirlanadi. 2018—2027-yillarda viloyatning boshqa tarixiy yodgorliklari ham ta’mirlanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют