» » O‘zbekistonda tug‘ilgan jangchi UFC bilan shartnoma imzoladi

O‘zbekistonda tug‘ilgan jangchi UFC bilan shartnoma imzoladi


24 yoshli qozog‘istonlik sportchi Shavkat Rahmonov UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jangchining menejeri o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

“Uning debyut jangi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. U mamlakatimizning UFC’dagi birinchi vakili bo‘ldi, ammo ishonchim komil, so‘nggisi bo‘lmaydi”, — dedi sportchi menejeri Sayat Abdurahmonov.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Rahmonov hisobida 12 ta jangda 12 ta g‘alaba (7 ta nokaut) mavjud. Avvalroq u ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasida M-1 musobaqalarida ishtirok etib yurgandi.

Ta’kidlash joiz, Shavkat Rahmonov O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют