» » Superliga. “Bunyodkor” “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, OKMK esa o‘z maydonida “Andijon”ni yuta olmadi

Superliga. “Bunyodkor” “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, OKMK esa o‘z maydonida “Andijon”ni yuta olmadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turi doirasida 31-iyul, chorshanba kuni dastlabki 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qildi.

Bellashuv davomida “qaldirg‘ochlar” a’zolari Javohir Qahramonov (36), Sanjar Qodirqulov (74) hamda Nurillo To‘xtasinov (90) urgan gollar “Bunyodkor”ga “Surxon” ustidan yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (3:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng toshkentliklar 27 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Surxon” esa 21 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Olmaliqning OKMK klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda Andijon klubi vakillari Qahramon Bahodirov (51) va Shahzod Ubaydullayev (67) urgan gollarga olmaliqliklar Zafar Polvonov (71) hamda Elguja Grigalashvilining (81) goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa OKMK o‘z uyida “Andijon” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, ayni damda har ikki jamoa hisobida ham 12 ochkodan mavjud. OKMK musobaqa jadvalida 11, “Andijon” esa 12-o‘rinlarni band qilib turibdi.

Coca-Cola Superligasi

15-tur bahslari

31-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0 — 36 Qahramonov, 2:0 — 74 Qodirqulov, 3:0 — 90 To‘xtasinov

“Bunyodkor”: Murod Zuxurov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Dmitriy Ostrovskiy, 82), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Jasurbek Jaloliddinov, 87), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Rixsiboyev (Javohir Qahramonov, 34), Yevgen Chumak, Abdulla Abdullayev

“Surxon”: Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Shohnazar Norbekov (Rahmatillo Berdimurodov, 46), Shavkat Salomov, Abdulaziz Yusupov, Abrorbek Ismoilov (Suhrob Ne’matov, 76), Eldor Boymatov (Azamat Allaniyazov, 66), Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Darko Stanoyevich

Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev (44), Eldor Boymatov (54), Sanjar Qodirqulov (72)

Gollar: 0:1 — 51 Bahodirov, 0:2 — 67 Ubaydullayev, 1:2 — 71 Polvonov, 2:2 — 81 Grigalashvili

OKMK: Suhrob Sultonov, Saydullo Rahmatov (Jasur Hakimov, 57), Vlasdislav Kasminin, Bobur Yo‘ldoshev, Akmal Shorahmedov, Erkin Baydullayev, Mirjamol Qosimov (Murod Toshmatov, 46), Dilshod Jo‘rayev (Jasur Umarov, 46), Elguja Grigalashvili, Zafar Polvonov, San’at Shixov

“Andijon”: Ruslan Matniyozov, Jalil Kimsanov, Ildar Mamatkazin, Aleksich Radosav, Abror Husinov, Farhod Bekmurodov, Dilshod Rahmatullayev, Sardorbek Azimov, Abdurahmon Abdulhaqov (Qahramon Bahodirov, 50) (Oybek Qilichev, 67), Shahzodbek Ubaydullayev (Robbim Hasanov, 74), Ro‘zimboy Ahmedov

Ogohlantirishlar: Jalil Kimsanov (76)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют