» » Haqiqatan ham yog‘lar zararlimi? Yolg‘onlarni fosh qilamiz

Haqiqatan ham yog‘lar zararlimi? Yolg‘onlarni fosh qilamiz


Organizmga ovqatlar bilan kirayotgan yog‘lar to‘g‘risida ko‘p gaplar aytiladi. Bulardan ba’zilari mutlaqo asossiz bo‘lsa, boshqalari esa ma’lum bir holatlardagina to‘g‘ridir.

Yog‘lardan, shu jumladan hayvon yog‘laridan haqiqatan ham xolesterin sintezlanadi. Lekin bu faqat ortiqcha iste’mol qilingan hollarda yuz beradi. Shuni esda tutingki, xuddi shunday jarayon uglevodlar ortiqcha iste’mol qilinganda ham sodir bo‘ladi.

Vazn yig‘ish jarayoni sarf qilinayotganidan ko‘ra iste’mol qilinayotgan kaloriyaning ko‘pligi sababli yuz beradi. Va bu holda ozishning ikki yo‘li bor: kunduzgi kaloriyani pasaytirish yoki harakat faolligini oshirish.

Agar siz birinchi yo‘lni tanlasangiz, buni aynan yog‘lar hisobiga amalga oshirish osonroq, chunki 1 gramm yog‘ 1 gramm oqsil yoki uglevodga qaraganda 2 marta kaloriyaliroqdir. Lekin buni qilmaganingiz ma’qul, chunki yog‘ yetishmaslik hollarida organizm o‘zidagi zaxiralarni saqlashga harakat qiladi va siz odatdagi ovqatlanishga o‘tganingizdan keyin ularni yana qaytadan yig‘a boshlaydi.

Yuqorida eslatganimizdek, yog‘lar xolesterin darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi emas. Umuman olganda, ko‘tarilgan xolesterin — bu yurak-tomir kasalliklari sababidan emas,  balki arteriyalardagi yallig‘lanish jarayonlari oqibatida paydo bo‘ladi.

Bunday jarayonlarni chekish va o‘tirib ishlash tarzidan tortib, shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish kabi omillar keltirib chiqarishi mumkin.

Manba: “Kitchenmag.ru”

Опубликовано: admin (26-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют