» » O‘zbekistonda Ai-91 benzini narxi erkin bo‘ladi

O‘zbekistonda Ai-91 benzini narxi erkin bo‘ladi


Ai-91 markasidagi benzin narxi (hozir 4500 so‘m) 15-avgustdan birja savdolari orqali belgilanishi Vazirlar Mahkamasining 30-iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tushuntirishicha, Ai-91 narxi endi qat’iy belgilangan bo‘lmaydi. Hozirda uning narxi 1 litr uchun 4500 so‘mga teng.

“91-benzinni sotadigan yoqilg‘i quyish shoxobchalari endi uni birja savdolarida sotib oladi va o‘z xarajatlaridan kelib chiqib narx belgilaydi. Ilgari benzin to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar va hukumat tomonidan belgilangan narxlar bo‘yicha sotilardi”, — deyishdi kompaniyada.

Ayni paytda neft bazalari Ai-91 benzinini yoqilg‘i quyish shoxobchalariga har bir litrini 3793,5 so‘mdan sotmoqda. Endi narx nazorat qilinmaydi.

“Narx birja savdolarida bozor konyunkturasi, talab va taklifdan kelib chiqib, erkin belgilanadi. Avvallari 4500 so‘mdan 285 so‘m iste’mol solig‘i (hozirda aksiz solig‘i) chiqarib tashlanar, undan yana 10 foiz chiqarib tashlanar edi. Shunday tushuncha bor: ‘AYoQSh chegirmasi’ — avtoyoqilg‘i stansiyalariga xizmat ko‘rsatgani uchun beriladigan summa. Ya’ni ‘O‘zneftmahsulot’ iste’mol solig‘i hisobdan chiqarilishi evaziga 10 foizli chegirma beradi. Yakunda 3793,5 so‘m hosil bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritishdi kompaniyada.

O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 22—26-iyul kunlari Ai-91 avtobenzini narxi bir tonna (1293 litr) uchun 7,1 million so‘mni yoki bir litr uchun taxminan 5492 so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan hafta ichida benzin kotirovkalari birjada 20,7 foizga o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют