» » Italiya elchisi: O‘zbekiston bizning mamlakatimizda mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda

Italiya elchisi: O‘zbekiston bizning mamlakatimizda mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda


2017-yil 24-mart kuni O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Andrea Betotssi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar haqida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Elchi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati haqida so‘z yuritib, izchillik bilan rivojlanayotgan aloqalar turli sohalarni qamrab olishini qayd etdi.

Istiqbollar haqida to‘xtalib, Andrea Betotssi savdo, iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik hamda eksport kreditlari masalalari bo‘yicha Italiya—O‘zbekiston ishchi guruhining navbatdagi oltinchi yig‘ilishi joriy yilda Rimda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ayni damda “Sarmoyalar jalb qilish va ularni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi bitim ustida ish olib borilayotgani qayd etildi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2017—2020 yillar uchun Italiya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida madaniy hamkorlikning III ijro dasturi ham ishlab chiqilmoqda.

Elchi O‘zbekiston Turizm davlat qo‘mitasi va Italiya madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2017—2019-yillar uchun mo‘ljallangan Harakatlar rejasi loyihasi tayyorlanayotganini ta’kidladi.

“Italiyalik sifatida turizm sohasi rivojlanishi ahamiyatini yaxshi tushunaman. O‘zbekiston bizning mamlakatimizda mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanayotgani va u hozirda sayyohlar tomonidan yuqori baholanayotganidan juda xursandman”, — dedi elchi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют