» » Andijonda o‘qishga kiritishni va’da qilgan universitet xodimi 12 ming dollar bilan xizmat xonasida ushlandi

Andijonda o‘qishga kiritishni va’da qilgan universitet xodimi 12 ming dollar bilan xizmat xonasida ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon davlat universitetining arxiv mudiri Z.N. ismli fuqaroni hamda uning ikki nafar tanishini mazkur universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 12 ming dollar olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Arxiv mudiri “Tasviriy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha “sirtqi” bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga har bir abituriyentdan 4 000 AQSh dollari talab qilib, jami 12 000 AQSh dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan mudirga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют