» » Xiaomi dunyodagi eng kuchli smartfonni taqdim etdi

Xiaomi dunyodagi eng kuchli smartfonni taqdim etdi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi Black Shark 2 Pro o‘yin uchun mo‘ljallangan smartfonini taqdim etdi. Mazkur qurilma dunyodagi eng kuchli smartfon deya e’tirof etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Yangi devays sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori hamda 12 gigabayt tezkor xotira bilan jihozlangan. Ichki xotirasi esa 128 dan 256 gigabaytgacha.

Shuningdek, yangi qurilmaga 6,39 dyuymli AMOLED displeyi ham o‘rnatilgan bo‘lib, har bir bosishlar tezligi 34,7 millisoniyani tashkil etadi. Shu bilan birga barmoq izi skaneri displeyga o‘rnatilgan.

Bundan tashqari smartfon 48+12 megapikselli asosiy kamera hamda 20 megapikselli frontal kamera bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA/soat.

2-avgustdan sotuvga chiqadigan yangi smartonning narxi 435 dollardan 508 dollargacha bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют