» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi eksportchilarining mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi eksportchilarining mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda 2019–2021-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2019-yilda jami 16 628 ming tonna meva-sabzavot ishlab chiqarish, 2 692 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash hamda 2 062,4 ming tonna meva-sabzavotni eksport qilish belgilangan.

2019-yil 1-avgustdan:

qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibda foiz harajatlarini qoplash kompensatsiyalari hamda kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;

samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish uchun qonunchilikda belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari tatbiq etiladi.

Qaror bilan:

markaziy karantin laboratoriyasi hamda Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hududiy inspeksiyalarining zamonaviy laboratoriya binolarini qurish ishlari 2020-yil 1-aprelga qadar yakunlash;

2020-yil 1-sentabrgacha markaziy karantin laboratoriyasini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish;

2020-yil 1-noyabrgacha markaziy va hududiy karantin inspeksiyalarini qo‘shimcha 5 ta sayyor (mobil) laboratoriya bilan ta’minlash choralarini ko‘rish belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют