» » YPXdan qochgan Damas haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

YPXdan qochgan Damas haydovchisi 15 sutkaga qamaldi


Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochib “mashhur” bo‘lgan Damas haydovchisiga ma’muriy jazo tayinlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qoidabuzar 30 yoshli Sanjar K. ekanligi aniqlangan. U mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

30-iyul kuni Olmazor tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu ish bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib, Sanjar K.ni O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan (194, 128, 183-moddalar) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

U 15 sutka ma’muriy qamoq va EKIHning 11 barobari (2,2 million so‘m) miqdorida jarima bilan jazolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochib “mashhur” bo‘lgan haydovchi o‘z oyog‘i bilan kelib uzr so‘ragani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют