» » Rossiya Mudofaa vazirligi “harbiy internet”ni sinovdan o‘tkazdi

Rossiya Mudofaa vazirligi “harbiy internet”ni sinovdan o‘tkazdi


Rossiya Mudofaa vazirligi “harbiy internet”ni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ta’kidlanishicha, sinov vaqtida Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli, orasidagi masofa 2 ming kilometrdan yuqori bo‘lgan dala boshqaruv punktlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashilgan. Ushbu holatda ma’lumotlar almashinuvi tezligi 300 megabit/soniyani tashkil etgan. Buning uchun maxsus texnikalar, shuningdek, 1,5 mingdan ortiq shifrlash va aloqa vositalaridan foydalanilgan.

“Yaratilgan tarmoq to‘liq avtonom bo‘lib, ‘tashqi’ internet bilan bog‘lovchi trafik almashish nuqtasiga ega emas”, — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, sinov vaqtida katta hajmdagi fayllar, jumladan, video va audiolar ham uzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют